Sergey Lushan: "Bugungi o'yinda durang ham ehtimol adolatdan bo'lmasdi"

  • Mr.NoBoDy 21.04.2025 23:40
  • 135
  • 30

Superliganing 6-turidan o'rin olgan "Surxon"-"Navbahor" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Lushan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- "Surxon"ni g'alaba bilan tabriklayman. Yomon o'yin ko'rsatdik deb o'ylamayman. Raqibimizning g'alabasi haqqoniy bo'ldi deb o'ylayman. Ehtimol o'yin durang bilan tugaganida adolatli bo'lmasdi.

- O'zgarishlardan so'ng ham "Navbahor" yomon o'yin ko'rsatayotgani yo'q. Jamoa o'yinini qanday baholaysiz?

- Bugun biz raqibga etarli darajada qarshilik ko'rsata olmadik. Ishonch ko'rinmayapti, biz bunday o'yin qurayotganimiz yo'q edi. Hali oldindan o'yinlar bor, to'g'ri ishlashga harakat qilamiz. Futbolda har bir jamoada shunaqa holat bo'lib turadi. Natijalarga va jadvalga kuzda qaraymiz.

Ўхшаш янгиликлар