Chempionshipning 44-turida "Lids" "Stok Siti"ni (6:0) mag'lub etdi, "Byornli" esa "Sheffild Yunayted"ni (2:1) taslim qildi.
"Lids" va "Byornli" 94 ochko to'plab, uchinchi o'rindagi "Sheffild Yunayted"dan mavsum yakuniga ikki tur qolganda 8 ochko oldinda bormoqda. Shunday qilib, ular to'g'ridan-to'g'ri Premer-ligaga chiqadigan jamoalarga aylanishdi.
"Lids" 2023 yilda APLdan Chempionshipga tushgan edi, "Bernli" esa 2024 yilda.