Agar "Real" "Barselona"ga mag'lub bo'lsa, keyingi bahsda jamoani boshqa murabbiy boshqaradi

  • Mr.NoBoDy 22.04.2025 00:56
  • 870
  • 30

Santyago Solari "Real"ni boshqarishi mumkin.

Relevo xabariga ko'ra, Karlo Anchelotti 26 aprel kuni Ispaniya Kubogi finalida "Barselona"ga yutqazsa, bosh murabbiylik lavozimidan olinishi mumkin.  

Bunday holda, klublar jahon chempionati yakunlangunga qadar Raul yoki Solari tayinlanishi kutilmoqda. Ikkinchi variant (Solari) ehtimol ko'proq deyilmoqda. Klublar o'rtasidagi jahon chempionatidan so'ng esa "Real"ga Xabi Alonso keladi.  

Solari 2018 yil oktyabridan 2019 yil martigacha jamoani boshqargan. Raul hozirda "Kastilya"ning murabbiyi.

Ўхшаш янгиликлар