-“Zamin” jamoasiga shiddatli o'yin uchun minnatdorchilik bildiraman va futbolchilarimni g'alaba bilan tabriklayman. Biz raqibning kubok bahslaridagi “Qo'qon-1912”ga qarshi ilk uchrashuvini ko'rib, tahlil qilgandik. Ular asosan tezkor qarshi hujumlarga tayanib to'p tepishadi. Jamoa himoyadan hujumga tez o'tadi. Birinchi bo'limda gol urishga qiynaldik. Ikkinchi qirq besh daqiqalikda esa yangi kuchlarni maydonga tashlaganimizdan keyin o'yin suraatini oshirdik va ketma ket gollar urdik. To'g'ri, suniy maydonda va issiq havoda to'p tepish o'yin “temp”iga biroz tasir ko'rsatdi. Ammo raqibiz ham shunday sharoitda maydonga chiqqanini unutmaslik kerak. O'yin oxirida yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalana oldik va yirik g'alabaga erishdik.
-Bugun Usmonov va Rahmatov singari yosh futbolchilar asosiy tarkibda o'yinni boshlashdi. Ularning harakatlari haqida nima deya olasiz?
-Ular mavsum boshidan buyon biz bilan birga. Shu bois bugungidek bahslarda ularga ham imkoniyat beramiz. O'yindan keyingi barcha futbolchilar singari ularning ham harakatlarini tahlil qilamiz. Keyingi o'yinlarda nafaqat ularga, balki kam o'yin zaxirasiga ega boshqa futbolchilarga ham imkoniyat taqdim etib boramiz.