Guruh taqvimiga ko'ra, Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi bugun Namanganda "Namangan FA" jamoasi bilan kuch sinashadi. Malumotlarga ko'ra, mazkur bellashuvda klubning asosiy emas, balki o'rinbosarlar jamoasi ishtirok etadi. O'yin suniy maydonda bo'lib o'tishi hisobga olsak, Ilyos Zeytullaev futbolchilarni asrashni lozim topgan bo'lishi mumkin.
Malumot uchun, "qaldirg'ochlar" navbatdagi bahsini Superliga doirasida 28 mart kuni uyda OKMKga, O'zbekiston Kubogi guruhdagi oxirgi uchrashuvni esa 21 may kuni "Lokomotiv" qarshi o'tkazadi.