Nematillo Quttiboev: "Futbolchilar o'yin boshlanishidan oldin g'alaba qozondik degan kayfiyatda maydonga tushishdi"

  • Mr.NoBoDy 24.04.2025 20:56
  • 60
  • 30

Pro-Liganing 4-turidan o'rin olgan "Aral" - "Olimpik" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Nematillo Quttiboev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Birinchi navbatda muxlislarimizdan kechirim so'rayman. O'zingiz guvohi bo'ldingiz, ko'plab vaziyatlarimizdan foydalana olmadik. Darvozabon esa xatoga yo'l qo'ydi va gol o'tkazib yubordik. Goldan keyin asabiylashdik va o'zimizga kela olmadik. Futbolchilar o'yin boshlanishidan oldin g'alaba qozondik degan kayfiyatda maydonga tushishdi", - deya fikr bildirdi Nematillo Quttiboev bahs yakunlangach.

- Doniyor Ismoilov birinchi bo'limdayoq maydonni tark etdi. Uning zaxiraga olinishiga nima sabab bo'ldi?

- Majburiy o'zgarish qildik. Futbolchining o'zi almashtirilishini so'radi. U jarohat oldi.

- Jamoa to'purari Izzatillo Abdulhaqov bugungi uchrashuvda asosiy tarkibdan joy olmadi va ikkinchi bo'limda maydonga tushdi. Abdulhaqov asosiy tarkibdan joy olmagani haqida gapirib o'tsangiz...

- Biz keyingi o'yinlar haqida o'ylashimiz kerak. Bugungi uchrashuvdan keyin tarkibda o'zgarishlar bo'lishi aniq.

- "Olimpik" jamoasi haqida fikr bildirib o'tsangiz...

- Yosh jamoa. Ular bugun yaxshi o'yin ko'rsatishdi. "Olimpik" gol urganidan so'ng jamoaning o'zicha bo'lgan ishonchi ortdi. Ularni g'alaba bilan tabriklayman.

Ўхшаш янгиликлар