Keylor Navas: "Barselona" menga qiziqqani borasidagi xabar yoqib tushdi"

  • Mr.NoBoDy 25.04.2025 21:16
  • 108
  • 30

"Real" sobiq posboni Keylor Navas o'tgan yozda "Barselona" uni transfer qilishi mumkin bo'lgani haqida gapirdi.

Sentyabr oyida asosiy darvozabon Mark-Andre ter Шtegen jarohat olgandan so'ng, kataloniyaliklar "qo'lqopini mixga ilgan" Voycex Шesni bilan shartnoma imzolagan edi. Malumotlarga ko'ra, “Barsa” Keylor Navas nomzodini ham ko'rib chiqqan.

"Meni "Barsa" bilan bog'lashgani haqida mish-mishlar ko'p gapirildi. Lekin bunday ishlar oson yakunlanmaydi… Ular agentim bilan bog'lanishgan ham. Bu futbol, biz o'z ishimizni qilishimiz kerak.

Bu xabarlar menga yoqdi: garchi uzoq mavsumlar davomida "Real"da o'ynab, ko'p yillar raqib bo'lgan klub meni nomzod sifatida ko'rdi. Bu xabarlarni maqtov sifatida qabul qildim.

Agar menga "Barselona" emas, Florentino Peres qo'ng'iroq qilganida suzib bo'lsa ham uning oldiga borardim", – dedi "Real"ning sobiq darvozaboni, hozirda "Nyuells Old Boyz" safida o'ynayotgan Keylor Navas "El Larguero" nashriga bergan intervyusida.

Ўхшаш янгиликлар