"Yuventus" EЧLga chiqa olmasa, katta zararga uchrashi, bir qancha futbolchilar ketishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 25.04.2025 20:56
  • 150
  • 30

"Yuventus" Чempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kirita olmasa, taxminan 60 million evroga teng daromaddan mahrum bo'ladi.

Ayni damda Igor Tudor boshqaruvidagi jamoa A Seriyada 5-o'rinda bormoqda va 4-pog'onadagi "Bolonya"dan atigi bir ochkoga orqada qolmoqda.

"La Gazzetta dello Sport" malumotiga ko'ra, Чempionlar Ligasiga chiqa olmaslik nafaqat bosh murabbiy, balki ko'plab futbolchilarning taqdiriga ham tasir qiladi.

Ular orasida APLda talab katta bo'lgan Federiko Gatti, so'nggi paytlardagi beqaror o'yinlariga qaramay, Evropada ko'p kuzatuvchilarga ega bo'layotgan Andrea Kambyazo bor. Шuningdek, Duglas Luisga ikkinchi imkoniyat berilmasligi va Ueston Makkennining shartnomasini uzaytirish yanada qiyinlashishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Darvozabon Mattia Perin klubni tark etishni so'rashi ehtimoli katta, shuningdek Dushan Vlaxovich ham shartnomasini uzaytirmasligi mumkin.

Bundan tashqari, moliyaviy sabablarga ko'ra "Yuventus" Randal Kolo-Muani va Fransishku Konseysauning ijarasini davom ettirmasligi ehtimoli ham yo'q emas.

Ўхшаш янгиликлар