Sergey Lebedev: "Nazarimda, bugungi o'yinda yomon harakat qilmadik"

  • Mr.NoBoDy 30.04.2025 22:48
  • 99
  • 30

O'zbekiston kubogi 2-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "FarDU" (3:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Lebedev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Yomon o'yin o'tkazmadik deb o'ylayman. Superliga vakili, shuningdek chempionlikni maqsad qilgan jamoaga qarshi uchrashuvda yigitlar yomon harakat qilishmadi. Jamoamiz vakillariga etirozim yo'q, qo'llab-quvvatlagan muxlislarga raxmat.

- Bugungi o'yin jamoangiz uchun qanchalik tajriba bo'ldi?

- Gol albatta xatodan keyin kiritiladi. Bugun kuchli raqibga qarshi o'yinda kamchiliklarimizni ko'rib oldik. Futbol shunaqa o'yin, bizga dars bo'lgan vaziyatlar bo'ldi. To'g'ri xulosa chiqargan holda ishlashda davom etamiz.

- Sergey Lebedev "Neftchi"ga qarshi o'yinlarda o'zini qanday his qiladi?

- "Neftchi"da o'ynaganman, ishlaganman. Men uchun qadrdon klub. Lekin har qanday jamoa sizga qarshi o'ynasa, bu - raqib. G'alabani maqsad qilgan holda maydonga chiqish mening murabbiylik vazifam.

Ўхшаш янгиликлар