"Suonsi" tarkibida o'ynayotgan 35 yoshli Allen shanba kuni Chempionshipning 46-turida "Oksford Yunayted"ga qarshi faoliyatidagi so'nggi bahsini o'tkazadi.
Allen 2012-2016 yillarda "Liverpul" tarkibida o'ynagan va 132 o'yinda 7 gol va 3 assist qayd etgan. Jamoa bilan u sovrinlar qo'lga kiritmagan.
Allen, shuningdek, "Reksxem" va "Stok Siti" jamoalari tarkibida ham o'ynagan. Uels termasi tarkibida 77 o'yinda qatnashib, 2 marta raqiblari darvozasini ishg'ol qilgan.