Biz shulardan ikkitasi bo'yicha O'zFHM bosh direktori vazifasini bajaruvchisi Mamur Saidqosimovdan izoh oldik:
"Qizilqum" - "Navbahor" uchrashuvi so'nggi daqiqalarida bosh hakam Ahrol Risqullaev mehmonlar darvozasi tomon penalti belgilagan. Ekspert hakamlar komissiyasi bu vaziyatni ko'rib chiqdi va to'p futbolchining qo'liga tegmagani aniqlandi. Xulosa: Ahrol Risqullaev penaltini noto'g'ri belgilagan.
OKMK - "Andijon" uchrashuvining 85-daqiqasida bosh hakam Rustam Lutfullin mehmonlar darvozasi tomon penalti belgilagan. Ekspert hakamlar komissiyasi bu vaziyatni ko'rib chiqdi va bunday vaziyatlar uchun penalti belgilash tavsiya etilmaydi degan xulosaga kelishdi. Xulosa: Rustam Lutfullin penaltini noto'g'ri belgilagan.