​Championat.asia va Transfermarkt O'zbekiston Superligasining aprel oyidagi eng yaxshi murabbiyi va futbolchisini aniqladi

  • Mr.NoBoDy 06.05.2025 14:08
  • 63
  • 30

So'rovnomada Championat.asia xodimlari hamda Transfermarkt'ning rus bo'limi rahbari Georgiy Lekarev va mehmon ekspert – "Sport" telekanali sharhlovchisi Otabek Jo'raev ishtirok etdi.

Ovoz berish yakunlariga ko'ra Ro'ziqul Berdiev Superliganing aprel oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Uning boshchiligida "Nasaf" 4 o'yinda 4 ta g'alabaga erishdi, to'plar farqi – 12:2. Berdiev 58% ovoz to'plagan bo'lsa, ikkinchi o'rinni egallagan Ilyos Zeytullaev 32% ovoz to'pladi. "Bunyodkor" uning qo'l ostida yakunlangan oyda 4 o'yin o'tkazib, 2 ta g'alaba va 2 ta durang qayd etdi.

Superliganing aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi "Paxtakor" forvardi Igor Sergeev bo'ldi. U Superliga 5 o'yinida "gol+pas" tizimida 5+2 ochko jamg'ardi. Sergeevga 68% inson ovoz berdi, uning eng yaqin raqobatchilari esa bor-yo'g'i 10% ovozga ega bo'lishdi.


Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar