Championat.asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha mutaxassisi, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" Telegram kanali muallifi) va uning hakamlar jamoasi Superliganing 8-tur uchrashuvlaridagi bahsli holatlarni batafsil tahlil qildi.
✅ "Buxoro" - "Mashal"
Penalti belgilash to'g'ri qaror edi. So'nggi takroriy vaziyatda ko'rinishicha, "Mashal" hujumchisi to'pni oldinga uzatgan, "Buxoro" himoyachisi esa oyoq bilan sirpanib, to'pga tegmagan va koptok hali maydon tashqarisiga chiqmasdan raqibni yiqitgan.
VIDEO
❌ "Buxoro" - "Mashal"
Hakam epizod yakunlangucha ruxsat berdi va shundagina ofsaydni qayd etib, "Mashal"ning golini bekor qildi. Keyinchalik bekor qilingan golning muallifi, to'pni kiritganini nishonlash paytida, futbolkasini echdi. Buning uchun u sariq kartochka olishi kerak edi (sportga xos bo'lmagan xulq-atvor). Hakam bu holatda uni "kechirdi", bu esa xato edi.
VIDEO
✅ "Buxoro" - "Mashal"
Mening fikrimcha, hakam yakuniy qarorni to'g'ri qabul qildi, VAR esa noto'g'ri aralashdi. "Mashal" jamoasi o'yinchisi sirpanib to'pni sherigiga uzatdi, shundan so'ng raqib bilan to'qnashuv yuzaga keldi. Qoida buzgan futbolchining oyog'i bukilgan, uning harakatlarida ehtiyotsizlik ko'rinmaydi. To'qnashuv inerciya tufayli sodir bo'ldi, bunda maysa ustida "sirpanayotgan" oyoq bilan tegib ketish holati kuzatilgan. Bu sariq karta uchun asos bo'lmaydi, qizil kartochka haqida esa gapirmasa ham bo'ladi.
VIDEO
✅ OKMK – "Andijon"
Hakamlarning to'g'ri qarori va VARning yaxshi ishini etirof etish kerak. Epizod ancha murakkab: bosh hakam to'pni kuzatayotgani sababli voqea sodir bo'lgan joyga etibor bermagan. Bu erda to'p uchun kurash yo'q, OKMK o'yinchisi tomonidan qasddan va urg'u berib tirsak bilan urilgan zarba mavjud.
VIDEO
❌ OKMK – "Andijon"
Hakam xato qilib, "Andijon" darvozasiga penalti belgiladi. Bu vaziyatda eng muhimi shuki: OKMK o'yinchisi to'pga emas, balki to'pni o'ynashga harakat qilayotgan raqib tomon harakatlandi. Ikkala o'yinchi ham bir-biriga deyarli parallel holatda turib, to'pga birinchi etib borish uchun teng imkoniyatga ega edi. OKMK o'yinchisi shunchaki fol ishlash harakatini qildi.
P.S. O'zbekiston futbol hakamlari markazi (O'zFHM) ham ushbu epizodda hakamning xatosini tan oldi.
VIDEO
✅❌ OKMK – "Andijon"
Ushbu vaziyatda penalti to'g'ri belgilandi. Shuningdek, "Andijon" darvozaboniga sariq kartochka ko'rsatish lozim edi (u uning ikkinchi kartochkasi bo'lardi). Darvozabon rejasiz va to'p uchun kurashga kech kirishib, OKMK hujumchisini yiqitdi.
VIDEO
❌ "Surxon" - "Paxtakor"
Hakamning hushtagi qachon chalinganini payqab bo'lmadi. Ehtimol, u kechroq, ammo "Surxon" o'yinchisi darvozaga zarba berishidan oldin hushtak chalgandir. Agar hushtak zarbadan avval chalingan bo'lsa, albatta, gol hisobga olinmasligi kerak. Hakam yo "Paxtakor" o'yinchisi "Surxon" darvozaboniga to'pni o'yinga kiritishga xalaqit bergan zahoti hushtak chalishi, yoki "ustuvorlik qoidasi"ni qo'llab, mezbonlarga hujumni yakunlash imkonini berishi lozim edi.
VIDEO
❌✅ "Surxon" - "Paxtakor"
Jarima zarbasi ijro etilishidan oldin "Surxon" o'yinchisi raqibini turtdi. Bu kichik uslubiy xato - aslida hakam qayta hushtak chalib, mazkur jarima zarbasini amalga oshirishga yo'l qo'ymasligi kerak edi. Turtish to'p o'yinga kiritilishidan oldin, penalti epizodi sodir bo'lishidan avval yuz bergan.
Penaltiga kelsak, "Paxtakor" himoyachisi to'pga qaragan holda, chap qo'lini oldinga cho'zdi - bu "shlagbaum" deb ataladi. Bunday holatlarda o'yinchi o'z harakatlari uchun javobgar hisoblanadi. Natijada u qo'li bilan raqibining bo'yin sohasiga tegib ketdi. Penalti to'g'ri belgilandi, ikkinchi sariq kartochka ham to'g'ri ko'rsatildi.
VIDEO
❌✅ "Surxon" - "Paxtakor"
Birinchidan, "Paxtakor"ning 55-raqamli himoyachisi istiqbolli hujumni to'xtatgani uchun sariq kartochka olishi shart. Shundan so'ng u to'pga o'ynaydi, "Surxon" futbolchisi esa xavfli tarzda, butsasining tag qismidan foydalangan holda to'pni olib qo'yishga harakat qildi. To'qnashuv nuqtasi - to'piq atrofi. Takroriy vaziyatlar orqali oyoqni "bosish" holati bo'lganmi yoki "engil tegib o'tish" holati bo'lganmi, aniq ko'rinmaydi. Ammo hakam yaxshi poziciyada turgan edi va uning qaroriga qo'shilsa bo'ladi.
VIDEO
✅❌ "Neftchi" - "So'g'diyona"
"So'g'diyona" murabbiyi sportga xos bo'lmagan xatti-harakati uchun haqli ravishda sariq kartochka bilan jazolandi. Aslida, u mojaroni keltirib chiqardi. Bundan tashqari, "Neftchi"ning 20-raqamli o'yinchisiga ham sariq kartochka ko'rsatish lozim edi - u mojaro joyiga ancha uzoqdan birinchi bo'lib yugurib keldi va janjalda ishtirok etdi. U provokaciyaga uchib, mojaroning avj olishiga hissa qo'shdi.
VIDEO
❌ "Qizilqum" - "Navbahor"
Hakamlar jamoamiz bilan maslahatlashgandan so'ng, penalti noto'g'ri belgilangan, degan xulosaga keldik. "Navbahor" himoyachisi to'pni elkasi bilan o'ynagan, qo'li esa imkon qadar tanasiga yaqin bo'lib, uning hajmini oshirmagan.
P.S. O'zFXM ham bu holatda hakamning xatosini tan oldi.
VIDEO
✅ "Qizilqum" - "Navbahor"
Mazkur holatda hakam o'yinni to'g'ri davom ettirdi. "Qizilqum" o'yinchisi raqibning zarbasini oyog'ining son qismi bilan to'sdi, shundan keyin to'p yo'nalishi qo'l tomonga o'zgardi. Qo'l tanaga yopishgan holda edi va uning maydonini kengaytirmagan.
VIDEO
Shu tariqa, Superliganing 8-tur o'yinlarida hakamlar 8 ta xatoga yo'l qo'yishdi.