Meddison jarohati sabab uzoq muddat maydonga tusha olmaydi

  • Mr.NoBoDy 07.05.2025 23:32
  • 186
  • 30

"Tottenxem" yarim himoyachisi tizzasidan jarohat oldi.

Jeyms Meddison kelasi mavsumga tayyorgarlikni o'tkazib yuborishi ham mumkin. "Tottenxem" yarim himoyachisi o'tgan hafta Evropa ligasining "Bude-Glimt"ga qarshi o'yinida tizzasidan jarohat oldi.

BBC malumotlariga ko'ra, ingliz futbolchisi uch oy davomida maydondan chetda qolishi kutilmoqda. Biroq, unga jarrohlik amaliyoti kerak bo'lmasligi takidlangan.

Meddison bu mavsumda Angliya Premer ligasida 31 ta o'yinda ishtirok etib, 9 ta gol urdi va 7 ta gol uzatmasini berdi. 

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar