"Anchelottiga qarang - u 10 yil ichida 30 ta unvonni qo'lga kiritdi, uni esa hech narsaga erisha olmagandek tanqid qilishadi. Ernesto Valverde topib aytganidek, agar Anchelottiga hujum qilinayotgan bo'lsa, unda boshqalarni nima kutish kerak? Ispaniyada bosim juda katta, ayniqsa "Barselona" va "Real"da", - dedi Xavi.
Avvalroq, "Real" "Barselona"ga qarshi o'yindan keyin Anchelottining istefosi haqida bayonot berishi xabar qilingandi. La Liga 35-turidan o'rin olgan o'yin 11 may kuni bo'lib o'tadi.