UEFA “Inter“- “Barselona“ uchrashuvidagi hakamlikka munosabat bildirdi

  • Mr.NoBoDy 09.05.2025 08:32
  • 120
  • 30

Bu haqida Marca xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, UEFA “Barselona“ bosh murabbiyi Xans-Diter Flik va  ayrim futbolchilarining tanqidiga qaramay, Chempionlar ligasi yarim finalidan o'rin olgan “Inter” – “Barselona” (4:3) javob o'yini bosh hakami Shimon Marcinyakni qo'llab-quvvatlashini bildirdi.

UEFA polshalik hakam uchrashuvda bahs natijasiga tasir qiladigan hech qanday xatoga yo'l qo'ymagan deb hisoblab, hakamga hech qanday etiroz bildirmagan.

Eslatib o'tamiz, “Inter“ va “Barselona“ o'rtasidagi o'yindan so'ng ispan jamoasi himoyachisi Inigo Martines Shimon Marcinyakning hakamligini sharmandalik deb atadi. Flik o'yindagi qarorlar doim “Inter“ foydasiga qabul qilinganini takidlagandi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar