Sport.es malumotiga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" "Inter"dan Denzel Dyumfrisni safiga qo'shib olishni istamoqda.
Qizig'i shundaki, Chempionlar Ligasi yarim finalida "Barselona"ga qarshi o'yinda 29 yoshli Dyumfris beshta samarali harakati bilan ajralib turdi – ikkita gol urdi va jamoadoshlariga uchta pas uzatdi. Dyumfris "Inter"da butun o'ng qanot bo'ylab harakat qiladi – himoyadan to hujumgacha.
Shu bilan birga, takidlanishicha, "Barselona"ning short-listida boshqa o'ng qanot himoyachilari – Jeremi Frimpong ("Bayer"), Dodo ("Fiorentina") va Vanderson ("Monako") ham bor.