Bu haqda "Caught Offside" xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 25 yoshli portugaliyalik futbolchining shartnomasida tovon puli 175 mln evroni tashkil etadi, biroq Italiya klubi ancha kichikroq – 75 million evro atrofidagi shartnomaga rozi bo'lishi mumkin.
Shuningdek, Leauga Londonning boshqa bir klubi "Arsenal" ham qiziqish bildirayotgani qayd etilgan.
Rafael Leau joriy mavsum barcha musobaqalarda 48 o'yin o'tkazib, 12 ta to'p kiritdi hamda 13 ta golga assistentlik qildi. Uning "Milan" bilan amaldagi bitimi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.