Kim chempion? Gyokeresh yoki Di Mariya? Bugun Portugaliyada mavsum o'yini bor

  • Mr.NoBoDy 10.05.2025 12:40
  • 105
  • 30

Portugaliyada bugun mavsumning eng asosiy to'qnashuvi bo'lib o'tadi.

Chempionat tugashiga 2 tur qolganda "Sporting" hamda "Benfika" bir xil 78 ochkodan to'plagan. To'plar nisbati "Sporting"da yaxshiroq, birinchi davradagi o'zaro bellashuvda ham "yashil-oqlar" ustun kelishgan (1:0). Bugun 22:00 da aynan mana shu ikki jamoa "qizillar" maydoni hisoblangan "Estadio da Luj"da o'zaro hisob-kitob qilishadi. Bugun g'olib bo'lgan tomon katta ehtimol bilan Portugaliya chempioni bo'ladi.

Match-senterda ochish

"Sporting" amaldagi chempion, "Benfika" esa undan oldingi 2022/2023 mavsum chempioni. Balki ular bugun Portugaliyaning oxirgi 3 yildagi eng zo'r jamoasi kim degan savolga javob berishadi. "Sherlar" 1954 yildan beri ketma-ket ikki mavsum mamlakat chempioni bo'lmagan. O'tgan mavsum Amorim jamoani shohsupaga ko'tarib, bu mavsum ham yakka peshqadam qilib qo'ygan holda Manchesterga ketgan edi. "Burgutlar" esa oxirgi 11 yilda 6 bor Portugaliya chempioni bo'lishgan.


"Sporting"ni asosiy yulduzi va to'purari Viktor Gyokeresh joriy mavsum chempionatda 38 ta gol urdi va 7 ta assist berdi. "Benfika" yulduzi Anxel Di Mariyada esa 8 ta gol + 4 ta assist.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar