"El Nacional" xabariga ko'ra, "Barselona"ning bir qancha asosiy futbolchilari bosh murabbiy Xans-Diter Flikdan Ronald Arauxoni jamoaga kiritmaslikni so'ragan. Sababi – uning Chempionlar Ligasidagi o'yinidan norozilik.
Arauxo "Inter"ga qarshi javob o'yinida zaxiradan maydonga tushdi, biroq so'nggi daqiqalarda gol olib kelgan xatoga yo'l qo'ydi. Kataloniyaliklar o'sha paytda oldinda edi va finalga bir qadam qolgandi.
Jamoadoshlarining tanqidlari fonida urugvaylik futbolchining "El Klasiko"dagi ishtiroki so'roq ostida.