"Maydonga qaytganimdan xursandman" - Akanji

  • Mr.NoBoDy 12.05.2025 15:48
  • 66
  • 30

"Manchester Siti" himoyachisi Manuel Akanji APLning 36-turi doirasidagi "Sautgempton"ga qarshi o'yinda (0:0) jarohatidan qaytgani haqida fikr bildirdi.

"Bu jarohatdan keyingi ilk 90 daqiqa bo'ldi. Murabbiy menga ishonch bildirganidan juda xursandman. So'nggi 15-20 daqiqa biroz qiyin kechdi, chunki oxirgi o'yinimdan keyin ancha vaqt o'tgandi. Men maydonga qaytganimdan xursandman. 3 ochkoni qo'lga kiritmoqchi edim. Umid qilamanki, kelasi dam olish kunlari sovrin yutamiz degan umiddaman", – dedi Akanji.

Akanji joriy mavsum APLda 24 o'yinda ishtirok etdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar