Bu "ko'k-anorranglilar"ning navbatdagi "El Klasiko"da asosiy raqibi "Real" ustidan qozongan g'alabasi (4:3) evaziga amalga oshdi. Bu natija amalda "Barselona"ga chempionlikni kafolatladi.
Shu bilan birga, Flik tarixga kirdi. "WhoScored" malumotlariga ko'ra, germaniyalik mutaxassis "El Klasiko" tarixida qarama-qarshilikdagi dastlabki to'rtta rasmiy o'yinda g'alaba qozongan ikkinchi murabbiy bo'ldi. Birinchisi Pep Gvardiola edi.
Eslatib o'tamiz, chempionat tugashiga 3 tur qolganida "Barselona" 82 ochko bilan La Liga turnir jadvalida "Real"dan 7 ochkoga o'zib ketib, birinchi o'rinda bormoqda.