Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, ertaga, 13 may kuni Maksim Shackix Andijon shahriga etib boradi va katta ehtimol bilan "burgutlar" bilan shartnoma tuzadi. Shackix bilan birga 3 nafar yordamchi murabbiy "Andijon"ga keladi. Ulardan ikki nafari Vitaliy Shpanyuk va Akmal Shorahmedov. Uchinchi murabbiy nomi ertaga malum bo'ladi.
O'zbekiston kubogi 3-turi doirasidagi "Andijon" - "Dinamo" uchrashuvida mezbonlarni Artyom Petrosyan boshqaradi. Sababi Shackix hali PFL ro'yxatidan o'tkazilmagan. Aynan ertangi bahsdan keyin Maksim Shackix jamoani qabul qilib oladi.
Eslatib o'tamiz, 4 may kuni "Andijon" klubi bosh murabbiy Aleksandr Xomyakovni istefoga chiqargan edi.