Ronaldu JCH-2026da yaxshi formada ishtirok etishi uchun qaysi klubda o‘ynab turmoqchi ekani ma’lum bo‘ldi

  • Mr.NoBoDy 12.05.2025 17:00
  • 84
  • 30

“An-Nasr”ning Osiyo Chempionlar Ligasi yarim finalidagi mag‘lubiyati ortidan Krishtianu Ronalduning kelajagi yana e’tibor markazida bo‘lib turibdi. Portugaliya matbuotining xabariga ko‘ra, 40 yoshli hujumchi faoliyatini boshlagan klub — “Sporting”ga qaytish haqida o‘ylamoqda.

Bu yangilik Lissabon klubi hujumchisi Viktor Gyokereshning boshqa klubga o‘tishi haqidagi mish-mishlar fonida tarqaldi.

Ronalduning asosiy maqsadi — 2026 yilgi mundialga yaxshi sport formasida borish. “Sporting” rahbariyati ham Ronalduning qaytishi haqidagi xabarlarga ijobiy fikr bildirgan. Bu klub uchun tijoriy jihatdan ancha foydali bo‘lishi mumkin.

Ronalduning ketish qarori “An-Nasr”ning yomon o‘tkazayotgan mavsumi sabab qabul qilingani aytilmoqda. Klub Osiyo Chempionlar Ligasi yarim finalida “Kavasaki Frontale”ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, final yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi. Himoyadagi xatolar va o‘tkazib yuborilgan gollar jamoaga qimmatga tushdi. Bundan tashqari, “An-Nasr” Saudiya Qirol kubogidan ham erta chiqib ketdi. Shuningdek, Pro Liga turnir jadvalida “Al-Ittihod”dan 8 ochko ortda qolgan holda 3-o‘rinda bormoqda.

Ronaldu joriy mavsum 33 ta gol va 4 ta assist muallifiga aylangan. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali hujumchining qiymatini 12 million yevroga baholagan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar