Braziliya chempionatining 8-turida "Santos" o‘z maydonida "Seara" bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi.
Mezbonlar darvozaga faqat bitta zarba berishdi. "Santos" hujumchisi Neymar jarohati sabab uchrashuvni o‘tkazib yubordi.
Bu o‘yindan so‘ng "Santos" 5 ochko bilan turnir jadvalining so‘nggi o‘rnida, "Seara" 12 ochko bilan oltinchi o‘rinda bormoqda.