“Uyalyapman“. Amorim MYUning hozirgi o'yini haqida fikr bildirdi

  • Mr.NoBoDy 13.05.2025 09:24
  • 81
  • 30

“Manchester Yunayted“ bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoaning joriy mavsumdagi o'yini haqida gapirdi.

“Men direktorlar kengashiga, hammaga, hatto muxlislarga ham — har doim gapiraman. Bu jamoa ancha yaxshi bo'lishi uchun nima kerakligini yaxshi bilaman. Biroq buni to'g'rilash uchun vaqt kerak.

Boshqa so'z topish qiyin. 25 o'yinda atigi oltitasida g'alaba qozondik. Ushbu natijadan juda uyalyapman. Futbol o'ynashimizda nimadir noto'g'ri. Biroq bu xatolik na o'yinimizda, na taktikamizda“, — deb fikr bildirdi Amorim.

Malumot uchun, jamoa ayni vaqtda APLda 16-pog'onada ketmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar