Argentinalik ko‘p minglab ishqibozlar AQSHdagi Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga bora olmaydi

  • Mr.NoBoDy 13.05.2025 17:44
  • 147
  • 30

Argentinalik ba’zi muxlislar yozda AQSHda bo‘lib o‘tadigan sayyoramizning eng yaxshi klublari ishtirokidagi turnirga kela olmaydi. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.

AQSHning Buenos-Ayresdagi elchixonasiga 15 ming potensial xavfli futbol ishqibozlari ro‘yxati topshirildi.

"Biz uchun bu juda muhim, chunki Argentinadagi stadionlarda qonunni buzgan zo‘ravonlikka moil hech bir kishi ushbu musobaqaga tashrif buyura olmaydi," - deyiladi Argentina davlat xavfsizlik vaziri Patrisiya Bullrich bayonotida.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida Argentina sharafini ikkita klub - "Boka Xuniors" va "River Pleyt" himoya qiladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar