Mirjalol Qosimov: "Oxirgi tur oldidan hech narsa malum emas edi. Shu sababli deyarli asosiy tarkibni maydonga tushirdik"

  • Mr.NoBoDy 13.05.2025 21:40
  • 93
  • 30

O'zbekiston kubogi uchinchi turidan o'rin olgan OKMK "Navoiy FA" (12:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida qatnashdi.

"Oxirgi tur oldidan hech narsa malum emas edi. Bugungi o'yinlarda istalgan voqelik yuz berishi mumkin edi. Shu sababli biz deyarli asosiy tarkibimizni maydonga tushirdik. Deyarli deyishimizga sabab Islom To'xtaxo'jaev, Xurshid G'iyosov va Datsi Kleydini zaxirada qoldirdik. Yoshlarga imkoniyat berdik. O'yin o'zimizda bo'lganidan keyin baribir ham muxlislarga bayram kerak edi. Gollarning ko'pligi oxiridagi hisob-kitob uchun va albatta muxlislarimizni xursand qilish uchun lozim edi. Shu jihatdan olib qaralganda biz maqsadimizga erishdik. 

"Navoiy FA" jamoasi yigitlaridan hafa bo'lmasliklarini so'rab qolardik. Bu o'yin ular uchun kelajakka qo'yilgan qadam. Ha, yirik hisob bo'ldi, ammo bu ular uchun tajriba maktabi bo'ladi. Shunday o'yinlarda toblanib, ular kuchliroq futbolchiga aylanishadi. Hozirda futbol akademiyalariga imkoniyatlar berilmoqda. Raqib jamoa yigitlaridan tushkunlikka tushmaslikni so'rab qolgan bo'lardim", - deydi Mirjalol Qosimov.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar