RMC Sport’ning Paris-Match’ga tayanib xabar berishicha, 32 yoshdan 51 yoshgacha bo'lgan 5 kishi PSJning uy stadionidagi alohida lojalarga kirish imkonini beruvchi bog'ichlarni noqonuniy sotish bilan bog'liq ravishda hibsga olingan. Eng ommabop o'yinlar kunlari bu ruxsatnomalar 1500 evrogacha narxda sotilgan.
Takidlanishicha, PSJ xavfsizlik xizmati mart oyida firibgarlik va ishonchni suiistemol qilish bo'yicha shikoyat bildirgan, shundan so'ng tergov boshlangan.
Gumonlanib qo'lga olinganlar Chempionlar Ligasi 1/4 finalida "Aston Villa"ga qarshi o'yin vaqtida ushlangan bo'lishi mumkin. Ushlanganlar orasida Haussmann VIP lojasining qo'riqchisi va VIP tribunaga abonement egasi bor. Barcha gumonlanuvchilarga sud jarayoni tugaguniga qadar stadionga tashrif buyurish taqiqlangan.