Florian Virtcga Angliyadan yana bir xaridor paydo bo'ldi

  • Mr.NoBoDy 14.05.2025 23:32
  • 93
  • 30

Florian Virtc "Liverpul"ning etiborini tortdi.

Avvalroq "Bayer" yarim himoyachisi "Bavariya"ga o'tish bo'yicha klub bilan kelishib olgani, ammo "Manchester Siti" ham uning transferi uchun taklif kiritgani malum bo'lgandi. Malumotlarga ko'ra, kecha 22 yoshli futbolchi Angliyada "shaharliklar" bilan muzokaralar olib bordi.

Bild jurnalisti Kristian Falkning malum qilishicha, o'yinchi kecha nafaqat "Manchester Siti", balki "Liverpul" vakillari bilan ham suhbatlashgan. Mersisaydliklar Virtcni transfer qilish 100 million evrodan ortiqroqqa tushishini tushunib turibdi. "Bayer" esa taxminan 150 million evro olishni xohlayotgani aytilmoqda. Shu bilan birga, "Liverpul" uchun boshqa poziciyalarni, ayniqsa hujum markazini kuchaytirish ustuvor vazifa sanaladi.

Takidlanishicha, "Bavariya" transfer uchun taxminan 100 million evrolik taklif tayyorlamoqda. Nemis klubi Virtc og'zaki kelishga amal qilishiga ishonmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar