Braim Dias jarohati sabab La Ligadagi keyingi o'yinni o'tkazib yuboradi

  • Mr.NoBoDy 14.05.2025 23:00
  • 102
  • 30

Futbolchi sonidan jarohat oldi.

"Real" yarim himoyachisi Braim Dias jarohati sababli Ispaniya La Ligasi 36-turida "Malorka"ga qarshi o'yinda maydonga tushmasligi malum bo'ldi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Ispaniya chempionatining 35-turida "Barselona"ga qarshi o'tkazilgan o'yinda (3:4) futbolchi chap son mushagini shikastlagan. U noqulaylik sezishiga qaramay, o'sha uchrashuvni oxirigacha o'ynab tugatishga erishdi. "Real" murabbiylar shtabi ehtiyotkorlik chorasi sifatida yarim himoyachini keyingi o'yin qaydnomasiga kiritmaslikka qaror qilgan. Dias 18 mayda "Sevilya"ga qarshi o'tkaziladigan 37-tur uchrashuvini ham o'tkazib yuborishi ehtimoldan xoli emas.

Braim Dias joriy mavsum 50 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan va 7 ta golli uzatma bergan. "Real" La Liga turnir jadvalida 75 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallab turibdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar