Yaqinda Moskvada bo‘lib o‘tgan G‘alaba paradida ishtirok etgan Braziliya prezidenti Lula futbol bo‘yicha milliy terma jamoaga Anchelotti murabbiy tanlanganidan xafa bo‘lganini aytdi. Bu lavozimni italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti egalladi, biroq Lulaning fikricha, mahalliy mutaxassis jamoaga ko‘proq mos kelardi.
"Shaxsan menda Anchelottiga qarshi hech narsa yo‘q, u zo‘r mutaxassis va ajoyib futbolchi bo‘lgan. Ammo Braziliyada terma jamoani boshqara oladigan murabbiylar yetarli deb o‘ylayman. Biroq, keling, Anchelotti jamoamizni strategik va taktik jihatdan tayyorlay oladi, deb umid qilamiz", - dedi Lula.