"Chelsi" Enco Mareskaning kelajagi bo'yicha bir qarorga keldi

  • Mr.NoBoDy 14.05.2025 22:08
  • 123
  • 30

Klub keyingi mavsum ham murabbiyga ishonadi.

"Chelsi" klubi bosh murabbiy Enso Mareskani, hatto jamoa Chempionlar ligasiga yo'llanma olmagan taqdirda ham ishdan bo'shatmaydi. Manba malumotlariga ko'ra, London klubining ECHLga chiqolmasligi jamoa uchun bunday keskin choralarni talab qiladigan inqiroz emas, balki shunchaki ko'ngilsizlik deb qaraladi. Takidlanishicha, jamoa rahbariyati Mareskaga nisbatan Angliya va Evropada qiziqish mavjudligidan xabardor, biroq so'nggi o'yinlar natijalariga ko'ra murabbiyni almashtirish bo'yicha hech qanday reja yo'q.

Ayni paytda "Chelsi" Angliya Premer-liga turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallab turibdi. Jamoa 63 ochko to'plagan, xuddi shuncha ochko oltinchi o'rindagi "Aston Villa"da ham bor. Chempionlar ligasiga APLning eng yaxshi besh jamoasi yo'llanma oladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar