Avvalroq, vingerning kelgusi mavsumda o'zini klubda tasavvur qilolmasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Braziliyalik futbolchi kecha "Real"ning mashg'ulotini shifokor kuzatuvida muddatidan oldin tark etdi - keyinchalik Karlo Anchelotti Rodrigoning oyog'ida muammolar borligini malum qildi.
"Barcha xabarlar va g'amxo'rlik uchun tashakkur. Tez orada qaytaman. Uydirma to'qishni to'xtating", - deya yozdi futbolchi o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.