Gvardiola "Barselona" futbolchisini De Bryuynega o'rinbosar deb bilmoqda

  • Mr.NoBoDy 15.05.2025 12:00
  • 132
  • 30

Xosep Gvardiola "Manchester Siti" tarkibini "Barselona" yarim himoyachisi Dani Olmo bilan kuchaytirmoqchi.

Xabarlarga ko'ra, o'yin tempini nazorat qiladigan, xavfli vaziyatlarni yaratishda ishtirok eta oladigan va hujumlarni samarali yakunlay oladigan futbolchi qidirmoqda. 27 yoshli Olmo bu loyihaga juda mos keladi va yozgi mavsumda "Siti"ning asosiy transfer maqsadiga aylanishi mumkin.


Eslatib o'tamiz, Dani Olmo 2024 yilning yozida 55 mln evro evaziga "Leypcig"dan "Barselona"ga o'tgan edi. Hujumkor yarim himoyachi 2024/25 yilgi mavsum 36 rasmiy o'yin o'tkazib, 11 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Transfermarkt'ga ko'ra, uning Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan, yani "Manchester Siti" ispaniyalik pleymeykerning transferini rasmiylashtirishga qaror qilsa, qiyin muzokaralarga duch keladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar