"Inter Mayami" MLS muntazam chempionatida safarda "San-Xose" bilan 3:3 hisobida durang o‘ynadi.
Mehmonlar safida Tadeo Alyende dubl qayd etgan bo‘lsa, yana bir gol Maksimiliano Falkon hisobiga yozildi, Lionel Messi golli uzatmani amalga oshirdi. Mezbonlar safida Kristian Arango, Bo Leru va Yan Xarks o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Bu o‘yindan so‘ng "Inter Mayami" 22 ochko bilan Sharqiy konferensiyada beshinchi, "San-Xose" 17 ochko bilan G‘arbda yettinchi o‘rinda bormoqda.