"Ayaks" "Groningen" bilan durang o'ynadi va Niderlandiya chempionati yakunlanishiga bir tur qolganida peshqadamlikni boy berdi

  • Mr.NoBoDy 15.05.2025 14:56
  • 51
  • 30

Amsterdamning “Ayaks” klubi Niderlanidya chempionatining 33-turida "Groningen" bilan murosa ko'chasini tanladi.

Groningendagi uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi. "Ayaks" safida gollarga Anton Goei va Vaut Vegxorst mualliflik qildi. Mezbonlarning gollarini esa Tom van Bergen va Tiymen Blokzayl urdi, ular ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan 9-daqiqada hisobni tenglashtirishdi.

Parallel kechgan bahsda "Ayaks"ning eng yaqin taqibchisi PSV o'z maydonida "Xerakles"ni 4:1 hisobida mag'lub etdi.

Shu tariqa g'alabasiz seriyasini to'rtta o'yinga etkazgan amsterdamliklar chempionat jadvalidagi peshqadamlikni boy berdi. Turnir yakuniga bir tur qolganida PSV (76 ochko) birinchi, "Ayaks" (75) esa ikkinchi bo'lib turibdi.


18 may kuni Niderlandiya chempionatining so'nggi turida PSV safarda "Sparta"ga qarshi bahs olib boradi, "Ayaks" esa shu kuni "Tvente"ni qabul qiladi.

PSV Eredivizining amaldagi chempioni, "Ayaks" esa oxirgi marta 2021/22 yilgi mavsumda sovrin yutgan.

Malumot o'rnida, "Ayaks" oxirgi 5 o'yinidan 2 tasida yutsa bas edi, ammo ular 2 marta mag'lub bo'lib, 2 marta durangga rozi bo'lishdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar