"Neftchi" bosh menejeri Gruziya klubi akademiyasida bo'ldi

  • Mr.NoBoDy 15.05.2025 18:08
  • 54
  • 30

Jafar Irismetov Gruziyada "Dinamo" Tbilisi akademiyasi faoliyati bilan tanishdi.

"Neftchi" bosh menejeri Jafar Irismetov ayni paytda xizmat safari bilan Gruziyaning Tbilisi shahrida bo'lib turibdi. 

Jafar Irismetovning ushbu xizmat safaridan ko'zlangan maqsad Gruziyada bolalar futbolining qay darajada yo'lga qo'yilgani, Evropada bu borada o'z o'rnini topib borayotgan gruzin futboli, xususan, klub akademiyalari faoliyati bilan yaqindan tanishish va kelajakda Farg'onada barpo etilajak "Neftchi" futbol akademiyasida ushbu tajribalardan va infratuzilmalardan qo'llanma olish. 

Kecha Jafar Irismetov Tbilisidagi gruzin futboli bayroqdori bo'lgan "Dinamo" Tbilisi futbol akamediyasida bo'ldi va u erda akademiya direktori Levan Gvanceladze bilan uchrashdi.

Shuningdek, ushbu yildan etiboran PFL bilan hamkorlik doirasida ish boshlagan Tbilisidagi eng katta shourum hisoblangan "Macron Sports Hub Tbilisi" faoliyati bilan ham tanishib, kelasi mavsum uchun sport ekipirovkalarini ko'rish, muzokara o'tkazib, bu borada klub uchun eng maqul variantlarni o'rganib chiqish ko'zda tutilgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar