O'zbekiston U-16 terma jamoasining CAFA U-17 musobaqasida qatnashadigan tarkibi malum

  • Mr.NoBoDy 15.05.2025 17:48
  • 42
  • 30

O'zbekiston U-16 terma jamoasi bugun Toshkentda navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlariga kirishdi.

Sergey Chigodaev boshqaruvidagi o'smirlar 24–31 may kunlari yurtimiz mezbonlik qiladigan CAFA U-17 Championship 2025 xalqaro o'rtoqlik turnirida ishtirok etadi.

Bosh murabbiy tomonidan yig'inga jalb etilgan futbolchilarning ro'yxati bilan tanishing:

Darvozabonlar: Olim Shomuratov ("Paxtakor"), Denis Juravlev ("Paxtakor"), Platon Dolskiy ("Lokomotiv").

Himoyachilar: Abubakir Rahimov ("Odil Ahmedov FA"), Davron Tolqinov ("Oq-tepa"), Asadbek Abdualiev ("Paxtakor"), Sunnat Ibragimov ("Paxtakor"), Mirjamol Anvarov ("Odil Ahmedov FA"), Afzal Jumaboev ("Bunyodkor"), Nurmuhammad O'ktamov ("Paxtakor"), Muhammadaziz Ro'ziboev ("Bunyodkor").

Yarim himoyachilar: Soginch Marupov ("Namangan FA"), Amirxon Erkinov ("Odil Ahmedov FA"), Farruh Hayitmurodov ("Paxtakor"), Islom Ravshanov ("Paxtakor"), Humoyun Sindarov ("Odil Ahmedov FA"), Mirkomil Murodov ("Bunyodkor"), Husan Otabekov ("Lokomotiv"), Jahongirmirzo O'ktamboev ("Bunyodkor"), Odilxon Orifxonov ("Odil Ahmedov FA").

Hujumchilar: Bilol Qurbonov ("Paxtakor"), Suhrob Sadirjonov ("Paxtakor"), Ahrorbek Ravshanbekov ("Andijon FA"), Laziz Abduraimov ("Zomin"), Rustam Aliev ("Surxon").


Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar