"Atletiko" Braziliya klubidan 20 mln evrolik transferni amalga oshirishga yaqin

  • Mr.NoBoDy 16.07.2025 00:48
  • 39
  • 30

"Botafogo" futbolchi Ispaniya grandi tarkibiga ko'chib o'tadi.

Tyago Almada "Atletiko"ga o'tish arafasida turibdi. Madridning "Atletiko" klubi va "Botafogo" o'rtasida 24 yoshli yarim himoyachining transferi bo'yicha muzokaralar yakuniy bosqichga kirgan, deya xabar bermoqda ESPN. Futbolchining o'zi allaqachon o'tishga rozilik bergan.

Bitim summasi 15-20 million evro atrofida bo'lishi kutilmoqda. Tomonlar endi faqat mayda tafsilotlarni kelishib olishlari kerak.

Ilgari xabar qilinganidek, futbolchiga "Zenit" va "Benfika" klublari ham qiziqish bildirgan edi.

Ўхшаш янгиликлар