"TalkSPORT" xabariga ko'ra, uning ketishiga himoyachining jamoadagi holatidan noroziligi va bosh murabbiy Stefano Pioli bilan kelishmovchiliklar sabab bo'lmoqda.
Lyaport haftasiga taxminan 390 ming funt (260 mln tenge) maosh olayotgan va dunyoning eng ko'p maosh oluvchi 3 nafar himoyachisidan biri bo'lib turgan bo'lsa-da, klub va muhitni o'zgartirish uchun bu puldan voz kechishga tayyor. Uning shartnomasi 2026 yilga qadar mo'ljallangan, ammo 29 yoshli futbolchi muddat oxirigacha qolish niyatida emas.
U joriy mavsum 30 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi, biroq Krishtianu Ronaldu, Sadio Mane va Jon Duran kabi yulduzlarni ichiga olgan jamoadagi rolidan norozi. Shunisi etiborga loyiqki, hatto Ronalduning borligi ham Lyaportni "Al Nassr"da ushlab turolmaydi.
Eslatib o'tamiz, Ronalduning o'zi klubni tark etishi mumkin. Uning shartnomasi hali uzaytirilmagan, agar vaziyat o'zgarmasa, portugaliyalik erkin agentga aylanadi.