«Inter Mayami» rasmiy saytida 36 yoshli chap qanot himoyachisi Jordi Alba bilan shartnoma 2027 yilgi MLS mavsumi oxirigacha uzaytirilganini e’lon qildi.
«Men shartnomani uzaytirganimdan xursandman, chunki menda raqobatni davom ettirish istagi bor. Shuningdek, bu klubda o‘zimni uydagidek his qilaman — har bir o‘yinda muxlislardan olayotgan mehr buning sababidir. Bizda g‘alabalarni davom ettirishga bo‘lgan ishtiyoq bor va umid qilamanki, iloji boricha ko‘proq sovrinlarni qo‘lga kiritamiz», — degan Albaning so‘zlarini keltiradi «Inter Mayami» matbuot xizmati.
Alba 2023 yil yozidan beri Amerika klubi safida to‘p surmoqda. Shu vaqt mobaynida u barcha turnirlarda 68 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol va 20 ta golli uzatma bilan ajraldi.