Bunga jamoaning Italiya Kubogi finalida "Bolonya"dan uchralgan mag'lubiyati ham sabab bo'la olmaydi.
Shuningdek, klubdagilar Joau Feliksning transfer huquqini to'laqonli sotib olmaydigan bo'ldi. Portugaliyalik xavbek 3 fevral kunidan buyon "Chelsi"dan ijara asosida "Milan"da o'ynayotgandi.
50 yoshli Serjiu Konseysau o'tgan yilning dekabrida "Milan" bosh murabbiyligini qo'liga olgandi. Ayni damda jamoa A Seriya turnir jadvalida 8-o'rinni egallab turibdi. 25 yoshli Feliks "Milan" tarkibida 19 o'yinda qatnashib, 1tadan gol va assist qayd etdi.