Alba shartnomani uzaytardi

  • Mr.NoBoDy 16.05.2025 00:48
  • 75
  • 30

"Inter Mayami" futbolchisi Jordi Alba klubi bilan shartnomasini uzaytirdi.

36 yoshli himoyachi bilan yangi kelishuv 2027 yil yakuniga qadar davom etadi.

"Shartnomani uzaytirganimdan xursandman, chunki menda hali futbol o'ynash xohishi juda kuchli. Klubda o'zimni baxtli, har bir o'yinda muxlislarni mehrini his qilyapman. Rivojlanishda, g'alabalar qozonishda davom etamiz va iloji boricha ko'proq sovrinlar yutishga harakat qilamiz", - dedi Alba.

Futbolchi 2023 yil yozida "Inter Mayami"ga o'tgandi. Ushbu mavsumda u MLSning 11 o'yinida qatnashib, 4ta golli uzatma amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar