Barselonada avtomobil futbol muxlislari ustiga haydaldi

  • Mr.NoBoDy 16.05.2025 10:22
  • 63
  • 30

Ispaniyaning Barselona shahrida avtomobil to‘planib turgan futbol muxlislari ustiga haydaldi. Oqibatda 13 kishi tan jarohati oldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Muxlislar “Espanyol” jamoasi murabbiyini kutib olish uchun yig‘ilganida haydovchi to‘satdan mashinani ular tomonga burgan. Hodisa oqibatida 13 kishi jarohatlangan, 4 nafari shifoxonaga yotqizilgan. Voqea joyiga 10 ta tez yordam mashinasi yuborilgan. Jabrlanganlarning hech biri hayot uchun xavfli holatda emas. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, eng og‘ir jarohat oyoq sinishi hisoblanadi.

Avtomobil haydovchisi transport vositasini xavfli boshqarish va tan jarohati yetkazishda gumonlanib qo‘lga olingan. Terakt haqidagi versiya rasmiy hisobotlarda keltirilmagan. Kataloniya hukumati rahbari Salvador Ilya hodisani “muhim voqea”ga aylantirmaslikka chaqirgan.

Ma’lumot o‘rnida, “Barselona” “Espanyol”ni 2:0 hisobida mag‘lub etib, muddatidan avval chempionlik unvoniga ega chiqdi.

8 may kuni “Arsenal” klubi ustidan qozonilgan g‘alabani nishonlayotgan “PSJ” futbol klubi muxlislari ustiga avtomobil haydalgandi. Yelisey dalalari yaqinida sodir bo‘lgan voqeada uch kishi jabrlangandi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar