O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi sunʼiy qoplamali futbol maydonini yetkazib berish, oʻrnatish va montaj ishlarini amalga oshirish hamda chim granulalarini yetkazib berish boʻyicha shartnoma tuzish huquqi uchun tender e’lon qiladi

  • Mr.NoBoDy 16.05.2025 16:05
  • 60
  • 30

BARCHA QURILISH TASHKILOTLARI DIQQATIGA!

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Farg‘ona viloyati futbol maktabi davlat muassasasida sunʼiy qoplamali futbol maydonini yetkazib berish, oʻrnatish va montaj ishlarini amalga oshirish hamda chim granulalarini yetkazib berish boʻyicha bosh pudratchi tashkilotni tanlash yuzasidan tender eʼlon qiladi.

Obyektning narxi: 5 585 336 822 soʻm

Obyektni foydalanishga topshirish muddati: 6 oy.

Obyektning moliyalashtirish manbai: Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi mablagʻlari hisobidan.

Daʼvogar sifatida tenderda ishtirok etmoqchi boʻlgan korxonalar va tashkilotlar aylanma mablagʻlari tanlov savdosi predmetining 20 % dan kam boʻlmasligi yoki koʻrsatilgan mablagʻlarni taqdim etish boʻyicha bank kafolati, mehnat resurslari va mutaxassislariga, tender obyektiga oʻxshash obyektlarda ishlash boʻyicha ish tajribasi, shartnoma tuzish boʻyicha fuqarolik huquqdorligi va vakolatlariga ega boʻlish zarur.

Tender predmeti boʻyicha tender hujjatlarini tender tashkilotchisi – “ABACUS” MCHJning Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Chimkent koʻchasi, 15-uy manzildagi ofisidan (moʻljal: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati binosi), eʼlon chiqqan kundan so‘ng haftaning dushanba–juma kunlari soat 9-00 dan 18-00 gacha olish mumkin.

Tender hujjatlari tender tashkilotchisidan olinganda talabgor tomondan belgilangan tartibda tender hujjatlarini olish boʻyicha buyurtmanoma tender tashkilotchisiga topshirilgan kundan 3 kun ichida beriladi.

Shuningdek, mazkur eʼlonga ushbu obyektning tender hujjatlari ilova qilinadi.

Положение о закупке поля для Ферганы

Извещение о проведении тендера

Tender o‘tkazish bo‘yicha xabarnoma

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar