Avvalroq, Madrid klubi "Bornmut" himoyachisini sotib olishi va 50 mln funtlik tovon puli bandini faollashtirishi malum bo'lgandi.
Sky Sport jurnalisti Kave Solekolning xabar berishicha, futbolchining vakillari bugun kelishuv shartlarini kelishib olishlariga ishonishmoqda. Ispaniyalik futbolchi 5 yillik shartnoma imzolaydi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida "Real" safiga borib qo'shiladi.