"Milan" chap qanot himoyachisi Teo Ernandes xizmatlarini "Real"ga taklif qildi. Bu haqda "Marca" nashri yozmoqda.
Franciyalik futbolchining sobiq jamoasiga qaytishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga qaramay, "qaymoqranglilar" bu poziciyaga boshqa futbolchi – "Benfika"dan 22 yoshli Alvaro Karrerasni tanladi.
Nashrning yozishicha, "Real" Ernandesga qiziqishi minimal bo'lgan va transfer tashabbusi futbolchining o'zidan chiqqan.
Eslatib o'tamiz, Ernandes joriy mavsum 49 o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.