Janni Infantino futboldagi irqchilikka qarshi kurash haqida gapirdi.
“Men bu yerda hozir bo‘lgan FIFA Kengashi a’zolariga FIFAning yangi tartib-intizom kodeksini ma’qullaganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman, bu kodeks bizga irqchilikka qarshi samarali kurashish vositalarini beradi va butun dunyoda qo‘llaniladi.
Va biz, albatta, “Maktablar uchun futbol” dasturimizning bir qismi sifatida ta’lim, jumladan, irqchilik va kamsitish mavzulari ustida ishlayapmiz. Va nihoyat, aniq aytaylik: irqchilik shunchaki futbolda kurashishimiz va mag‘lub etishimiz kerak bo‘lgan muammo emas. Bu, albatta, jamiyatdagi muammo va irqchilik oddiygina jinoyatdir. Jinoyat", dedi FIFA prezidenti tashkilot kongressida.