"Atletiko" Vlaxovichga qiziqish bildirmoqda

  • Mr.NoBoDy 16.05.2025 23:32
  • 69
  • 30

"Atletiko" Dushan Vlaxovichni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

25 yoshli hujumchi "Yuventus" bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas. Vlaxovichning amaldagi kelishuvi 2026 yilgacha mo'ljallangan.

Shartnoma shartlariga ko'ra, serbning maoshi avtomatik ravishda yiliga 12 million evrogacha oshadi. Klub rahbariyati ushbu to'lovlarni uzoqroq muddatga taqsimlab, yangi shartnoma imzolamoqchi, ammo forvardning o'zi bu variantdan manfaatdor emas.

Shu tariqa, "byankoneri" Vlaxovichni 2025/26 yilgi mavsum oxirida tekinga qo'ldan chiqarmaslik uchun shu yozda sotishga majbur bo'lishi mumkin. Vlaxovich "Atletiko" qiziqishlari doirasiga tushib qolgan.

Futbolchi "Yuventus"ning joriy mavsumdagi eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi, u barcha musobaqalarda 39 o'yinda 14 ta gol urgan. 

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar